ASOSIY TUSHUNCHALAR
Internet tarmog‘ida joylashgan veb-sayt: www.persimmonco.uz
Sayt ma’muriyati - "Persimmon Partners LLC" MCHJ.
www.persimmonco.uz sayti foydalanuvchisi
Ro‘yxatdan o‘tish shakli - bu maxsus shakl bo‘lib, unda Foydalanuvchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini Sayt ma’muriyatiga ma’lumotlarni uzatish maqsadida joylashtiradi.
2. Umumiy qoidalar
2.1. Ushbu Maxfiylik siyosati Sayt ma’muriyatining rasmiy namunaviy hujjati bo‘lib, Saytdagi Fikr-mulohaza shaklidan foydalanuvchi jismoniy (shu jumladan shaxsiy ma’lumotlar) va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish tartibini belgilaydi.
2.2. Ushbu Maxfiylik siyosatining maqsadi Foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni, shu jumladan uning shaxsiy ma’lumotlarini ruxsatsiz kirish va oshkor qilishdan tegishli darajada himoya qilishni ta’minlashdir.
2.3. Foydalanuvchilar to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq munosabatlar (shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bitta yoki bir nechta harakatlarni amalga oshirish) ushbu Maxfiylik siyosati va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
2.4. Maxfiylik siyosatining amaldagi tahriri ommaviy hujjat bo‘lib, Sayt ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan va "Maxfiylik siyosati" gipermatnli havolasi orqali o‘tgan har qanday Internet foydalanuvchisi uchun ochiq.
2.5. Sayt ma’muriyati ushbu Maxfiylik siyosatiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
2.6. Maxfiylik siyosatiga o‘zgartirishlar kiritilganda, Sayt ma’muriyati bu haqda Foydalanuvchini www.persimmonco.uz saytida Maxfiylik siyosatining yangi tahririni joylashtirish orqali xabardor qiladi.
2.7. Fikr-mulohaza shaklidan foydalanish orqali Foydalanuvchi ushbu Maxfiylik siyosati shartlariga roziligini bildiradi.
2.9. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchi haqida olinadigan (yig‘iladigan) ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirmaydi.
3. FOYDALANUVCHILARNING SHAXSIY MA’LUMOTLARINI YIG‘ISH VA QAYTA ISHLASH SHARTLARI VA MAQSADLARI
3.1. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari, masalan: ismi, familiyasi, otasining ismi, telefon raqami va boshqalar, Foydalanuvchi tomonidan Sayt ma’muriyatiga uning roziligi bilan uzatiladi.
3.2. Foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlarni Ro‘yxatdan o‘tkazish shakli orqali Sayt ma’muriyatiga uzatishi Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga (shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, shaxssizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bitta yoki bir nechta harakatlarni amalga oshirish) roziligini anglatadi.
3.3. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni, shu jumladan uning shaxsiy ma’lumotlarini, masalan: ismi, familiyasi, telefon raqami va elektron pochta manzilini qayta ishlaydi.
3.4. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
a) shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadlari va usullarining qonuniyligi hamda halolligi;
b) shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadlarining shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishda oldindan belgilangan va e’lon qilingan maqsadlarga muvofiqligi;
v) qayta ishlanayotgan shaxsga doir ma’lumotlar hajmi va xususiyatining shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish usullariga hamda shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadlariga muvofiqligi;
d) shaxsiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, bir-biriga mos kelmaydigan maqsadlar uchun yaratilgan ma’lumotlar bazalarini birlashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi.
3.5. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashni uning roziligi bilan Saytda taklif etilayotgan xizmatlarni ko‘rsatish/tovarlarni sotish maqsadida amalga oshiradi.
4. SHAXSIY MA’LUMOTLARNI SAQLASH VA ULARDAN FOYDALANISH
Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari faqat elektron manbalarda saqlanadi va qat’iy ravishda ushbu Maxfiylik siyosatining 3-bandida belgilangan maqsadda foydalaniladi.
5. SHAXSIY MA’LUMOTLARNI UZATISH
5.1. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
5.2. Davlat organlarining so‘roviga ko‘ra Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. SHAXSIY MA’LUMOTLARNI SAQLASH MUDDATLARI VA YO‘Q QILISH
6.1. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari saytning elektron tashuvchisida muddatsiz saqlanadi.
6.2. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari foydalanuvchining xohishiga ko‘ra, uning murojaatiga asosan yoki Sayt ma’muriyatining tashabbusi bilan, sababi tushuntirilmagan holda, Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan ma’lumotlarni Sayt ma’muriyati tomonidan o‘chirib tashlash orqali yo‘q qilinadi.
7. FOYDALANUVCHILAR TO‘G‘RISIDAGI AXBOROTNI HIMOYA QILISH CHORALARI
Sayt administratori va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha quyidagilarni ta’minlovchi huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi:
• subyektning shaxsiy hayotiga aralashuvdan himoyalanish huquqini amalga oshirish;
• shaxsiy ma’lumotlarning yaxlitligi va xavfsizligi;
• shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilish;• shaxsiy ma’lumotlarga noqonuniy ishlov berishning oldini olish.